23:55 / 24.12.2020
5668
Koronavirusning yangi shtammi inson immun tizimining zaif joylarini aniqlay olishi ma'lum qilindi  

Koronavirusning Janubiy Afrika Respublikasida topilgan va 501.V2 deb nomlangan yangi shtammi har bir insonning immun tizimidagi zaif joylarni aniqlash xususiyatiga ega. Bu esa infeksiyaning tajovuzkorligini oshiradi, deb xabar qildi JARning tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha kengashi bosh direktori Glenda Grey. 

Foto: AP Photo/Jerome Delay

“Olimlar 501.V2 virus-mutanti inson organizmiga tushgach, shu insonning immun javobini o‘qib, undagi zaif joylarni aniqlashga harakat qilishini aniqlashdi. Natijada ushbu shtamm qisqa vaqt ichida yangi agressiv shtammlarning bir butun guruhini hosil qilishini kutish mumkin, chunki infeksiya odamlar o‘rtasida ko‘chib yurganda o‘zgaradi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.      

Uning ta'kidlashicha, o‘zini bunday tutish bir qator viruslarga xos, biroq 501.V2 o‘zining yuqori agressivligini va inson immun tizimiga tez moslasha olishini ko‘rsatdi. “Biz ushbu mutatsiyaga o‘xshash mutatsiyalar nafaqat JARda, balki dunyoning boshqa burchaklarida ham bor bo‘lishi mumkinligini istisno qila olmaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Grey.   

21 dekabrda JAR hukumati mamlakatda boshlangan koronavirusning ikkinchi to‘lqini 501.V2 deb nomlangan mutant bilan chaqirilganini ma'lum qilgan. Ushbu shtamm 2 oycha avval Hind okeani bo‘yidagi Sharqiy Keyp provinsiyasida aniqlangan. Mahalliy olimlarning ta'kidlashicha, yangi shtamm tajovuzkorroq hisoblanadi va asosan yoshlarni zararlaydi.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top