15:30 / 24.12.2020
3705
LG Tone Free bilan sevimli ohanglaringizni yangidan kashf eting
Foto: LG Electronics

LG bilan sevimli ohanglardan zavq oling.

Odatiy quloqchinlar siz yoqtirgan musiqaning a'lo sifatini taqdim eta olmaydi. Ularning uzun simlari tezda ishdan chiqadi, foydalanganda ham noqulaylik tug‘diradi. LG Electronics (LG) kompaniyasining LG Tone Free simsiz quloqchinlari Buyuk Britaniyaning Meridian kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlangan Headphone Spatial Processing (HSP) innovatsion texnologiyasi sababli musiqani his qilishning yangi bosqichini kashf etish imkonini beradi. Qurilmaning oq va qora rangdagi ikki xil - HBS-FN4 va HBS-FN6 modellari sotuvga chiqarilgan.

LG Tone Free simsiz quloqchinlari shovqinni mukammal darajada izolyatsiyalaydi. Quloqqa mahkam o‘rnashib, sershovqin qahvaxona, ish joyi yoki odamlar gavjum transportda ham tashqi shovqinni bloklaydi. Tashqi tovushlarga e'tiborni qaratish va musiqani to‘liq o‘chirib qo‘yish uchun esa quloqchinni bir marta bosish kifoya. Kim bilandir tezda gaplashib olish, jamoat transportidagi e'lonni tinglash yoki ko‘chani kesib o‘tishda bu rejim foydali. Shu bilan birga, yo‘l-yo‘lakay musiqadan bahra olish uchun qulay va xavfsizdir.

Meridian kompaniyasi 1977 yildan boshlab innovatsion, nafis va yuqori mahsuldorlikka ega audio yechimlar ustida ish olib boradi. Tovushlar sohasida yetakchi va signallarni raqamli qayta ishlash (DSP) sohasida o‘z obro‘siga ega mutaxassislar ovozni eshitish va sevimli qo‘shiqlarga yangicha nazar solish imkoniyatini taklif etishadi.

Buyuk Britaniya Meridian kompaniyasining tadqiqotlarga asoslangan qat'iy falsafasi 40 yil avval paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab hozirgi kunga qadar tovushlar sohasidagi innovatsiyalarga nisbatan o‘z munosabatini saqlab kelmoqda. «Xoh uyda, xoh mashinada, ish safarlari yoki mashq zalida -qayerda bo‘lishingizdan qat'iy nazar, LG TONE yangi quloqchinlari audio sanoatdagi g‘aroyib va innovatsion olg‘a qadam sifatida tovushning yuqori sifatini ta'minlaydi», - deydi Meridian Audio bosh direktori Jon Byukenen.

Meridian kompaniyasining HSP texnologiyasi quloqchinlari chap va o‘ng kanallar orasidagi asosiy funksional muammolarni hal qiladi. Ovoz bilan bog‘liq yechimlar audio musiqalarni ijro etish vaqtida ularning haqiqiyligi hamda studiya formatidagi vokal sofligini ta'minlaydi. LG Tone Free simsiz quloqchinlari orqali 6 millimetrli karnaylar yordamida sevimli musiqangizni tinglashdan yanada ko‘proq zavqlaning.

O‘n daqiqada quvvat oldirish uchun UV Nano quvvatlantirgichi uchun maxsus g‘ilof siz uchun yoqimli bonusga aylanadi. Maxsus ultrabinafsha nurlari simsiz quloqchinlardagi 99,9 foiz bakteriyalarni tozalaydi. Tozalash ishlari oson va tez amalga oshiriladi, quvvat oldirish qutisi esa quloqchinlarning 18 soatgacha avtonom ishlashini ta'minlaydi. Agar vaqtingiz tig‘iz bo‘lsa, 5 daqiqa quvvat oldirishingiz va bir soat davomida musiqadan bahra olishingiz mumkin. LG Tone Free quloqchinlari zararsiz, allergiya chaqirmaydigan, tibbiyot klassidagi silikondan ishlangan yumshoq ambushyur (yostiqcha)larga ham ega.

Ergonomik joylashuv quloqchinlar sezilmas bo‘lib qolishini ta'minlaydi. LG Tone Free sevimli musiqadan bahra olib, jozibali ko‘rinishga ega bo‘lishni istaydiganlar uchun a'lo darajada mos keladi.

Reklama huquqi asosida

Top