19:20 / 24.12.2020
14457
Majid Al Futtaim O‘zbekistonda birinchi Carrefour supermarketini ishga tushirdi

Carrefour supermarketlar tarmog‘i kirib borgan mamlakatlar qatoriga O‘zbekiston ham qo‘shildi. Taniqli brend dunyo bo‘ylab 30dan ortiq mamlakatda supermarketlarga ega.

Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi yetakchi chakana savdo tarmoqlaridan birini boshqaruvchi Majid Al Futtaim O‘zbekistonda o‘zining birinchi Carrefour supermarketini ochdi.

Brendning O‘zbekiston bozoriga ham kirib kelishi uning mamlakatda zamonaviy chakana savdoga bo‘lgan talabni hamda mijozlarning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishini ko‘rsatmoqda.

«O‘zbekistonda birinchi do‘konimizning ochilishi Majid Al Futtaim uchun muhim voqea hamda butun Yaqin Sharq va Osiyoda mintaqaviy o‘sishimiz yo‘lidagi yana bir muhim yutuqdir.

Ushbu yangi bozorni kengaytirish va investitsiya kiritish bilan biz o‘z sanoatimiz va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun qiymat yaratish kabi asosiy maqsadimizga sodiq qolamiz» – deydi Majid Al Futtaim korxonasining Carrefour O‘zbekiston bosh direktori Gyu Tayeg Kim.

Carrefour – dunyodagi taniqli chakana savdo brendlardan biri sifatida, o‘zbek bozoriga xalqaro standartlar va chakana savdo bo‘yicha eng ilg‘or tajribalar, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va do‘kon ichidagi eng yaxshi gigiyena jarayonlari orqali yuqori darajadagi xarid tajribasini taqdim etadi.

Carrefour 16 000 dan ortiq yangi mahsulotlarning eng keng tanlovini taklif etadi.

Bular: oziq-ovqat mahsulotlari va mahalliy mahsulotlarning xilma-xilligi; nooziq-ovqat mahsulotlarining keng assortimenti, shu jumladan uy-ro‘zg‘or buyumlari, to‘qimachilik mahsulotlari; Carrefour'ning yuqori sifatli mahsulotlar o‘z liniyasi (o‘z savdo belgisi ostida) va ekologik (bio) mahsulotlarning keng assortimentlaridir.

Shu orqali, Carrefour har bir xaridorga alohida qiymat berishga intiladi.

Carrefour mijozlar tajribasiga ustuvor ahamiyat berar ekan, do‘kon ichida fud-kort, novvoyxona, sushi bar, pitseriya, kabi bo‘limlarni o‘z ichiga olgan noyob do‘kon konsepsiyasini taklif etadi.

Xaridorlar do‘kon ichida tandirdan uzilgan qaynoq somsalar, yangi pishirilgan mahsulotlar va tayyor taomlar va delikateslardan tatib ko‘rishlari mumkin.

Eng ahamiyatlisi, do‘konda, homilador ayollar va imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus ustuvor kassa, va bepul Wi-Fi mavjud.

Carrefour o‘z mijozlariga yuqori sifatli mahsulotlarni; eng maqbul narx; kassada samaradorlik va tezlik; narxning yorliqlarda ko‘rsatilgan narxga muvofiqligi; va 7 kun ichida tovarlarni qaytarish yoki almashtirish imkoniyatini kafolatlaydi.

Carrefour, shuningdek, mobil ilova bilan birgalikda, MyClub sodiqlik dasturini ishga tushirdi; bu – xaridorlarga xarid qilish paytida ma'lum bir brendlar va mahsulotlarga qo‘shimcha chegirmalar berish orqali ball to‘plash imkoniyatini beradi.

Majid Al Futtaim ekotizimining bir qismi sifatida Carrefour barqaror va mas'uliyatli brend bo‘lish standartini o‘rnatishga intiladi. Shu tariqa, Carrefour Uzbekistan kompaniyasi xaridorlarni plastik paketlardan voz kechgan holda, eko va qog‘oz paketlar, qayta ishlatiladigan sumkalardan foydalanishga da'vat etib, «Yashil kassa»larini joriy qildi. «Yashil kassa»larda qayta ishlatiladigan sumkalardan foydalanadigan mijozlarga ustuvor xizmat ko‘rsatiladi.

Bundan tashqari, Carrefour chiqindilarni qayta ishlash loyihasini ham ishga tushirar ekan, o‘z do‘konlarida chiqindilarni saralovchi idishlarini o‘rnatdi.

Carrefour haqida

Carrefour 1995 yilda BAAda, Majid Al Futtaim kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, u Yaqin Sharq, Afrika va Osiyodagi 30 dan ortiq mamlakatlarda Carrefour do‘konlarini eksklyuziv franchayzing asosida boshqaradi hamda mintaqada o‘z operatsiyalariga to‘liq egalik qiladi.

Bugungi kunda Majid Al Futtaim 16 mamlakatda 320 dan ortiq Carrefour do‘konlarini boshqaradi, ular har kuni 750 000 dan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va 37 000 dan ortiq xodimlarni ish bilan ta'minlaydi.

Carrefour turli do‘kon formatlarini, shuningdek, ko‘p tarmoqli mijozlar bazasining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun bir nechta onlayn takliflarni boshqaradi.

Brend pul qiymatiga ega sifatli mahsulotlarning eng keng assortimentini ta'minlash majburiyatiga muvofiq, Carrefour 500 000 dan ortiq oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining raqobatbardosh tanlovini va har kuni hamma uchun ajoyib daqiqalarni yaratish maqsadida mahalliy ehtiyojlardan ilhomlangan mijozlarning namunali tajribalarini taklif etadi.

Majid Al Futtaim kompaniyasi Carrefour do‘konlari orqali mintaqada taklif etilayotgan mahsulot turlarining 80 foizdan ortig‘ini xarid qiladi. Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, oilalar va umuman iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Manzil: Shayxontohur tumani, Qoratosh 11 A

Ijtimoiy tarmoqlarimiz:

facebook.com/carrefouruzbekistan

instagram.com/carrefouruzbekistan 

https://t.me/carrefouruzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top