16:34 / 24.12.2020
4943

O‘zbekiston mebel korxonalari yil yakunlari va kelgusi rejalarini muhokama qildi

17 dekabr kuni HYATT Regency Tashkent mehmonxonasida MEYOS – O‘zbekiston mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Shu kunning o‘zida DAFNA va EMAN kompaniyalarining 25 yilligiga bag‘ishlangan xayriya konserti tashkil etildi.

Anjumanda mamlakatimizning barcha hududlaridan uyushma a'zolari – 50dan ortiq mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari vakillari, sohaga tegishli hukumat agentliklari va ekspertlar ishtirok etishdi.

So‘nggi yillarda mebel va yog‘ochni qayta ishlash kompaniyalarining faoliyati kengayib, o‘zbek mabellarining xalqaro maydondagi obro‘si oshib bormoqda. Yurtimizda ishlab chiqarilgan mebel ham ichki, ham mintaqaviy bozorda qulay va sifatliligi bilan raqobatbardoshligi o‘smoqda. Yig‘ilishda mebel va yog‘ochni qayta ishlash, sifatli xomashyo manbalaridan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va sohani birgalikda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Konferensiya doirasida Assotsiatsiya o‘zining yangi tashabbusi — 2021 yilda 50 gektar joyda mebel klasterini tashkil etish va sohani yangi bosqichga chiqishiga asos solish rejasini e'lon qildi.

Ushbu klaster nafaqat sohadagi ilg‘or tajribalarni birlashtirishi, balki xayriya-ijtimoiy loyihalarga ham zamin yaratadi. Xususan, ushbu mebel klasteri bazasida «ONA» ijtimoiy majmuasini yaratish masalasi muhokama qilindi. Ushbu majmuani muvofiqlashtirish ishlariga aktrisa va jamoat arbobi, «Mehrli qo‘llar» xayriya markazining rahbari Ra'no Shodiyeva taklif etildi. Markaz faoliyati murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam berishga qaratiladi.

«Bunday ijtimoiy loyiha har qanday ijtimoiy xayriya markazining orzusidir, — dedi Ra'no Shodiyeva. — Bu yerda har bir ayol, har bir yolg‘iz ona nafaqat boshpana topishi va ishlashi mumkin, balki bolasiga zaruriy g‘amxo‘rlik qilishi, psixologlarning yordamini olishi, kerakli tayyorgarlikdan o‘tishi va oyoqqa turishi mumkin, u hatto o‘z kichik biznesini ochishi mumkin».

Konferensiyada assotsiatsiya tomonidan tashqi bozorda targ‘ib qilinadigan «Home Show» brendi rejalari haqida ham ma'lumot berildi. Ushbu brend O‘zbekistonning yetakchi mebel ishlab chiqaruvchilari va yog‘ochsozlik sanoati vakillarini birlashtiradi.

«Home Show» ko‘rgazmasi ilk bor 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, undan so‘ng xalqaro maydondagi nufuzli ko‘rgazmalarda O‘zbekiston mebel sanoatini munosib taqdim etdi.

Kelgusi yilda Home Show shourumlari Rossiya va Qozog‘istonda doimiy ravishda ishlashi va xalqaro elektron tijorat bozoriga chiqishga imkon beradigan homeshow.kz internet do‘koni haqida ma'lumot berildi.

Shu kunning o‘zida DAFNA va EMAN kompaniyalarining 25 yilligiga bag‘ishlab xayriya kechasi o‘tkazildi. Dasturdan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev rahbarligidagi Yoshlar simfonik orkestrining konserti, Jyenisbek Piyazov, Sabina Mustayeva, Damir Raxmanov, Umid Isroilov, Rustam Alimardonov va boshqa ijrochilar, raqs va balet guruhlari chiqishlari o‘rin oldi.

Ushbu xayriya tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad – O‘zbekiston nogironlar uyushmasi a'zolari va «Mehrli qo‘llar» markazining tarbiyalanuvchilariga yangi yil kayfiyati ulashish edi, bunga ijtimoiy loyihalar faoli Umida Xusainova ham o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

Konsert davomida ONA ijtimoiy loyihasi haqida yana bir bor kengroq auditoriya uchun ma'lumot berildi. Tadbirga kelgan biznes va nodavlat tashkilotlari vakillari ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlashga katta qiziqish bildirishdi.

Instagram: www.instagram.com/dafnamebel

www.instagram.com/eman_group

www.instagram.com/dafnamebel

Sayt: www.meyos.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top