21:44 / 24.12.2020
4573
Tailanddagi sayyohlar orasidagi ommalashgan orol yolg‘on xabar sababli bo‘shab qoldi

Talianddagi sayyohlar orasidagi ommalashgan Pxuket oroli koronavirus haqidagi yolg‘on xabarlar sababli bo‘shab qoldi. 

Foto: Soe Zeya Tun / Reuters

The Thaiger nashrining xabar berishicha, orol aholisi mahalliy maktablardan birining o‘quvchisi ota-onasida virus aniqlangani haqida Facebook’da joylashtirilgan bir nechta postlardan keyin sarosimaga tushgan. Shundan keyin 21ta kasallanish holati qayd qilingani haqida yana bir yolg‘on xabar paydo bo‘lgan.

Bu xabarlar OAVda e'lon qilingandan keyin orolda 15ta maktab yopilgan, odamlar esa o‘z uylariga qamalib olib, deyarli ko‘chaga chiqmay qo‘yishgan.  Ba'zi tailandliklar infeksiyani yuqtirib olishdan xavotirlanib, orolni tark etishgan. 

Mahalliy sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘nlab kasallanganlar haqidagi yangiliklar bir necha oy avvalgi xabarlar ekanini aytib, aholini tinchlatishga tushgan.

Shu bilan birga, tibbiy xodimlar bitta kasallanish holati qayd qilinganini tasdiqlashgan va shu munosabat bilan orolda xavfsizlik choralari kuchaytirilgani, jumladan bir qator bayram tadbirlari bekor qilingani, restoranlarda esa shoular o‘tkazish taqiqlanganini ma'lum qilishgan.

Top