08:02 / 24.12.2020
26512
Time jurnali 2020 yil voqealari aks etgan suratlarni e'lon qildi

2020 yil voqealari bilan uzoq vaqt xotiralarda qoladi. Time jurnali yil davomida bo‘lib o‘tgan yirik hodisotlarni aks ettiruvchi 100ta suratni tanlab e'lon qildi.

Jamlanmada koronavirus pandemiyasi, o‘rmon yong‘inlari, AQShdagi prezidentlik saylovi va boshqa voqealar aks etgan.

Janubiy Avstraliyaning Kenguru oroli. 16 yanvar. Yong‘inda jarohatlangan koala ustiga suv quyilmoqda. U tezda boshqa hayvonlarga qo‘shib yaqin atrofdagi boshpanaga joylashtirilgan. / Foto: Time
«Iltimos, zo‘ravonlikni to‘xtating», deb yozilgan ko‘ylak kiygan namoyishchini Jorj Floyd o‘ldirilganidan 4 kun o‘tib, 29 may kuni Bruklindagi Barclays Centre yaqiniga sudrab borishmoqda./Foto: Time
15 noyabr kuni Orlandodagi stadiondan SpaceX Falcon 9 raketasining uchirilishi./Foto: Getty Images
Livanning Bayrut shahridagi portda ro‘y bergan portlashdan ko‘p o‘tmay 11 yoshli Hoda Kinnoni amakisi Mustafo qutqarmoqda./Foto: AP
Jorj Floyd uchun Minneapolisda o‘rnatilgan yodgorlikning bo‘ron vaqtidagi ko‘rinishi./Foto: Btandon Bill
Atlantika okeani to‘lqinlari 22 sentyabr kuni Avon shahridagi plyaj uyiga kirib bordi./Foto: Daniel Pullen
19 oktyabr kuni Bangkok yaqinidagi Kaset chorrahasida namoyish paytida demokratiya tarafdorlari 3 barmoq bilan salomlashmoqda./Foto: AP
Ka'ba pandemiya sabab 6 mart kuni bo‘shab qoldi./Foto: AFP
Moskvaning 15-sonli kasalxonasi yopiq basseyni ovqatlanish joyiga aylantirildi./Foto: Nanna Heitmann—Magnum Photos
Koronavirus bilan kasallangan bemor o‘pkasini qutqarish uchun shardan foydalanyapti./Foto: Meghan Dhaliwal—The New York
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron suratga tushayotganda ijtimoiy masofa saqlamoqda./Foto: Simon Dawson—Bloomberg/Getty Images
COVID-19'dan tuzalgandan keyin Oq uyga qaytgan Donald Tramp./Foto: Anna Moneymaker—The New York Times/Redux
Olivia Grant buvisi Meri Greys Sileo bilan 24 may kuni Nyu-York shtatining Xantagadagi hovlisida kiyim chizig‘iga o‘ralgan sellofan orqali quchoqlashmoqda. Foto: Al Bello —Getty Images
60 yoshli Fransisko Espana Barselonadagi Del Mar kasalxonasi yoniga sayr uchun chiqqan./Foto: Emilio Morenatti—AP
29 avgust kuni AQShning Luiziana shtatida to‘fon poyezdni relsdan chiqarib yubordi./Joe Raedle—Getty Images
Detroytdan uchayotgan yo‘lovchilar 22 oktyabr kuni Prezident Tramp va Jo Bayden o‘rtasidagi so‘nggi prezidentlik bahsini tomosha qilmoqda./Foto: Salwan Georges—The Washington Post/Getty Images
Top