18:07 / 25.12.2020
11301
Erdo‘g‘an Putin va Isroil bilan munosabatlarga baho berdi

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga “so‘zida turadigan erkak” deb ta'rif bergandi.

Foto: Anadolu Agency

Vladimir Putin – kelishsa bo‘ladigan yetakchi. Uning so‘zi bilan ishi bir, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya rahbarining Erdo‘g‘an to‘g‘risidagi so‘zlariga izoh berarkan.

Turkiya prezidenti rossiyalik hamkasbining shaxsiy fazilatlariga yuqori baho berdi.

Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyaning Rossiya bilan munosabatlari alohida xususiyatga ega.

Turkiya rahbari Rossiya bilan tovar almashish hajmi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojining eng yaxshi isboti ekanligini aytdi.

Erdo‘g‘an shuningdek, Isroil bilan munosabatlarning keskinlashganligi borasida ham fikr bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Isroil bilan razvedka xizmatlari darajasidagi aloqalarini hech qachon to‘xtatmagan.

«Ammo bu mamlakat rahbariyati bilan qator muammolarimiz mavjud», - dedi Turkiya prezidenti.

U Anqara Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashni istashini, ammo Isroilning Falastinga nisbatan pozitsiyasini qabul qila olmasligini ta'kidladi.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga ta'rif berib, uni “so‘zida turadigan erkak” deb atagandi.

Top