19:11 / 25.12.2020
4175
Sobiq to‘purar darvozabon Chilavert Paragvay prezidentligiga nomzod bo‘ldi

Paragvaylik sobiq futbolchi Xose Luis Chilavert mamlakat prezidentligi uchun saylovda o‘z nomzodini ilgari suradigan bo‘ldi. Bu haqda sobiq darvozabon o‘zining Tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

«Qonunbuzarlikning jazolanmasligi, korrupsiya va talon-toroj qilishlari jonga tegdi. Chila – 2023 yilgi prezident! Paragvaylik bo‘lganim bilan faxrlanaman», deb yozgan Chilavert o‘z sahifasida.

Ma'lumot uchun, 55 yoshli Chilavert Paragvay milliy jamoasi safida 74 ta o‘yinda maydonga tushgan. U 1998 va 2002 yilgi jahon chempionatlarida o‘ynagan. Chilavert darvozabonlar uchun noodatiy tarzda to‘purarlik xususiyati bilan ajralib turgan. U faoliyati davomida 67 ta gol urgan.

Chilavert Ispaniyaning «Saragosa» va Fransiyaning «Strasbur» jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan. Faoliyatining katta qismini esa Argentina chempionatida o‘tkazgan.

Top