08:36 / 25.12.2020
4524

Toshkentda 6ta avtobusning harakatlanish yo‘nalishi o‘zgarmoqda

Toshkent shahridagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu sababli, 2020 yil 31 dekabrga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Yong‘in-qutqaruv qismi ("O‘zbek qog‘ozi" OAJ) yaqini harakatlanish uchun yopilgan. 

“Shu munosabat bilan 12-, 26-, 37-, 68-, 81-, 93-sonli avtobus yo‘nalishlari suratdagi ko‘chalardan harakatini davom ettirishini ma'lum qilamiz. Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, - deyiladi “Toshshahartransxizmat” ma'lumotida.

Top