16:34 / 25.12.2020
6481
Tramp ma'muriyati qatl etishlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatmoqda

Amaldagi prezident davrida federal hukumat oxirgi 125 yil ichidagi eng ko‘p mahkumni qatl etdi.

Foto: Reuters

AQSh tarixida birinchi marta oxirgi bir yil ichida federal hukumat barcha 50ta shtat qatl etganlar sonidan ham ko‘proq mahkumni qatl etgan.

 Amerikaning O‘lim jazolari bo‘yicha axborot markazi o‘z hisobotida ma'lum qilishicha, oxirgi bir yilda barcha shtatlarda yettita qatl ijro etilgan bo‘lib, bu oxirgi 37 yil davomidagi minimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Ammo federal hukumat 10 kishini qatl etgan. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimigacha ular soni 13 nafarga yetishi mumkin.

"Buncha miqdordagi federal qatllar 1896 yilda, Grover Klivlendning ikkinchi prezidentligi davrida amalga oshirilgan", — deydi markaz ijrochi direktori Robert Danem CNN bilan suhbatda.

Hozirda AQShda 2591 kishi, ulardan 52 nafari federal darajadagi o‘lim hukmi ijrosini kutmoqda. Odatda oliy jazoga mahkum qilinganlar bir kishilik kamerada o‘rtacha 11 yil o‘tiradi. Bu muddat barcha apellyatsiyalar va afv etish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqish uchun yetadi.

Top