08:42 / 25.12.2020
3081
Uzbekistan Airways mahalliy reyslar uchun chegirmalar joriy etdi

Uzbekistan Airways barcha mahalliy aviaqatnovlarga chegirmalar joriy etdi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, chegirmalar respublika aholisi uchun 2021 yil 1 yanvardan 3 yanvargacha bo‘lgan yangi yil bayramini nishonlash davrida amal qiladi.

Chegirma quyidagi fuqarolarga amal qiladi:

  • individual yo‘lovchilar uchun — 30 foiz;
  • turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun — 40 foiz;
  • oila (2 va undan ortiq kishi, ya'ni: er-xotin, er-xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun — 50 foiz;
  • pensionerlar uchun — 50 foiz;
  • nogironlar uchun — 50 foiz;
  • 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun — 50 foiz;
  • 1941-1945 yillardagi urush paytida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun — 50 foiz;
  • Chernobil AESdagi falokat oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etganlar uchun — 50 foiz.

Bundan oldin, talaba va o‘quvchilarga poyezd chiptalari uchun 50 foiz chegirma berilishi xabar qilingandi.

Top