15:32 / 26.12.2020
7557
Shavkat Mirziyoyev: «Ommaviy axborot vositalariga rahmat. Ular davlatimizga dushman emas, do‘st»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Toshkent yerusti metrosining Sergeli yo‘nalishini borib ko‘rdi. 

Foto: KUN.UZ

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu yerda davlat va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan dildan muloqot bo‘ldi.

- Bu yil iqtisodiyot uchun, odamlarimiz uchun qiyinchiliklar ko‘p bo‘ldi, hozir ham davom etyapti. Lekin shu murakkab holatlarni iloji boricha yumshatish bo‘yicha har kuni bamaslahat ishlayapmiz. Iqtisodiyotni rivojlantirish, bozor topish, odamlarga daromad manbai yaratish yo‘larini izlayapmiz. Hamma masalalar mahallabay hal qilinadi. Nimaga? Yaxshimiz ham, yomonimiz ham mahallada, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bozorlarda narx-navo barqarorligini ta'minlash, energiya quvvatlarini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar aytib o‘tildi.

- Ommaviy axborot vositalariga rahmat. Ular davlatimizga dushman emas, do‘st. Ular baland ovozda adolatni, haqiqatni aytib turmasa, rahbarlarning darrov oyog‘i yerdan uzilib qoladi. Xalqimiz, uyingga eski to‘ningni ilib qo‘yib, kimligingni unutma, deganidek, hamma rahbarlar shu elning farzandi, vakili ekanini doim yodda tutishi kerak. Yurtimizdagi tinchlikning qadriga yetib, xalqimizga munosib sharoit yaratishimiz zarur, - dedi prezident.

 

Top