17:20 / 26.12.2020
8489
Toshkentda pichoqbozlik bo‘lgani haqida videolavha tayyorlagan blogerlarga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida pichoqbozlik bo‘lgani haqida videolavha tarqaldi. Toshkent shahar IIBB xodimlari mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib bordi va ishtirokchilarning shaxsiga aniqlik kiritdi

Ishtirokchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, video aslida piar maqsadida olingan bo‘lib, unda taroq ishlatilgan. 

“Videoning to‘liq shakli qo‘yilmagan. O‘zimizning sahifamizda joylashtirilgan to‘liq versiyasida piar ekanini ko‘rish mumkin. Bu xato edi, bunchalik tarqalib ketishini bilmagan edik. Videoda pichoq emas, balki taroq bo‘lgan. Aslida, pichoq qanday yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi bo‘lganmiz. Videolavhani kesib olib, yomon joylarini qo‘yib yuborishgan”, - deydi voqea ishtirokchilari.

Chilonzor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan voqea ishtirokchilariga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun tuman ma'muriy ishlar bo‘yicha sudiga taqdim etildi. 

Sudda voqea ishtirokchilariga 5 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlanib, bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida jarima belgilandi.  

Top