19:54 / 26.12.2020
8586

YeIning yana ikki davlatida koronavirusning yangi shtammi aniqlandi

Ispaniya va Shvetsiyada koronavirusning yangi turiga chalinish holatlari qayd etildi.

Foto: Getty Images

Ispaniyada koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan turi bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Bu haqda Le Figaro xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, Madrid shahrida to‘rt kishida koronavirusning yangi shtammi aniqlangan.  

 "Bemorlarning ahvoli yaxshi. Yangi shtamm o‘ta yuqumli ekanligini bilamiz, ammo kasallik kechishini og‘irlashtirmayapti", - dedi Ispaniya sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Antonio Sapatero.

 Shu bilan birga, Shvetsiya sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusning yangi turini yuqtirish bilan bog‘liq ilk holat haqida ma'lum qildi. Reuters’ning yozishicha, Buyuk Britaniyadan kelgan erkakda yangi turdagi koronavirus aniqlangan.

Xabarlarga ko‘ra, koronavirusning yangi turiga chalinish holatlari Fransiya, Germaniya, Shveytsariya, Daniya, Avstraliya, Yaponiyada ham qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top