23:09 / 27.12.2020
16384
Qor ko‘chish xavfi sabab Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi
Foto: KUN.UZ

Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarini bog‘laydigan Taxtiqoracha dovoni avtomobillar qatnovi uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Samarqand viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

«Qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismi muzlagani, qor ko‘chishi, quyuq tuman tushishi ehtimoli bo‘lgani sabab Taxtiqoracha dovoni orqali transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi», deyiladi IIB xabarida.

Samarqand viloyati Urgut tumani hamda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovoni M 39 Olmaota-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lida joylashgan. Bu yo‘l Qashqadaryo viloyatining Kitob va Shahrisabz tumaniga boruvchilarning yo‘lini yaqin qiladi. Biroq dovonning yopilishi Samarqand va Qashqadaryo o‘rtasida harakat butunlay cheklanadi degani emas. Mashinalar qatnovni Jom yo‘li orqali davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Top