12:30 / 28.12.2020
10157
Pangolin: O‘zbekiston bozorida yangi brend!

«Global Insurance Group» MChJ Respublikamizning sug‘urta xizmatlari bozorida jadal rivojlanib borayotgan sug‘urta kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya doimo zamon bilan hamnafas bo‘lgan holda bugungi kunda rivojlanishning yangi bosqichiga o‘tmoqda va sizning e'tiboringizga o‘zining yangi savdo belgisi – «Pangolin»ni taqdim etadi.

«Global Insurance Group» O‘zbekiston Respublikasidagi birinchi xususiy sug‘urta kompaniyasi sanaladi. Turli xildagi sug‘urta klasslari bo‘yicha litsenziyaga ega va 50 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etadi.

Respublikaning yirik tijorat banklari va kompaniyalar, jumladan, O‘zR TIF Milliy banki, «Asaka» DATB, «Davrbank» XATB, «Uz Auto TRAILER» MChJ, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MChJ QK va boshqalar kompaniyaning yaqin hamkorlari hisoblanadi.

«Global Insurance Group» MChJ sug‘urta kompaniyasining bosh direktori – Saydaliyev Bobur Baxodirovich qayd etishicha:  

«10 yildan ortiq vaqt davomida sug‘urta xizmatlarini taqdim etib kelamiz, ushbu bozorni va iste'molchilar ehtiyojini yaxshi bilamiz.

Biz mijozlarimiz manfaatini himoya bilan maksimal darajada ta'minlashga harakat qilamiz. Shu sababli, yangi  «Pangolin Insurance» brendini yangi imkoniyatlar bilan bozorga kirib kelayotgani haqida mamnuniyat ila ma'lum qilamiz.

Nima uchun Pangolin? Tabiatda kamdan-kam uchraydigan pangolin hayvoni himoya va xavfsizlikni anglatadi. Xavf-xatar paydo bo‘lganida, pangolin darhol zirhlari bilan o‘zini himoya qilib, shardek dumaloq bo‘lib oladi. Bu sug‘urta kompaniyasi uchun ajoyib allegoriyadir.

Yangi brend falsafasi xizmat ko‘rsatishning mutlaq mukammalligini izlash, har bir detalga e'tibor va hamkorlarga moliyaviy kafolatdan iborat.

Ishonamizki, Pangolin mamlakatimiz sug‘urta bozorida o‘zining munosib o‘rnini topadi».                                                     

Hozirda biz hurmatli mijozlarimiz uydan chiqmagan holda o‘z sug‘urta polislarini rasmiylashtirishlari uchun onlayn-savdo mavjud bo‘lgan saytimizni ishga tushirdik. Ishonchingiz komil bo‘lsinki, Pangolin Insurance yetakchi sug‘urta kompaniyalari portfelidagi birinchi muvaffaqiyatli brendga aylanadi.

Pandemiya sharoiti sababli, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Pangolin Insurance» sug‘urta xizmatlarining ayrim turlari uchun 50 foiz chegirmani taqdim etadi.

Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamga murojaat qiling:  

+998 71 246-35-11

+998 90 001-18-55

Sayt: pangolin.uz

Telegram: t.me/pangoline_insurance

Instagram: instagram.com/pangolin.uz

Facebookfb.com/pangolin.insurance

Reklama huquqi asosida

Top