12:07 / 28.12.2020
9752
«Prava» almashtirish muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi. Qayta imtihon topshirish kerak emas - DXA

Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilda haydovchilik guvohnomalarini almashtirishda qayta imtihon topshirish kerak bo‘lishi to‘g‘risida ma'lumot tarqaldi. Davlat xizmatlari agentligi vaziyatga aniqlik kiritdi.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Qayd etilishicha, aholiga qulay bo‘lishi uchun eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish 2021 yil 31 dekabrga qadar davom etadi. Bunda Davlat xizmatlari markazlarida ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar kabi soddalashtirilgan tartib amal qiladi. Qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.

Eslatilishicha, xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi (bugungi kunda 156 100 so‘m) miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.

Top