10:56 / 29.12.2020
2420
2020 yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi 

Bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatnomada ma'lum qildi.

“Sud-huquq sohasi, jumladan, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlarimiz ham izchil davom ettirildi. Natijada, bu yil sudlangan shaxslarning 74 foiziga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlandi”, - dedi davlat rahbari.

Ta'kidlanishicha, jazo muddatini o‘tayotgan va tuzalish yo‘liga qat'iy kirgan 616 nafar fuqaro afv etildi. Sudlar mustaqilligi ta'minlanishi natijasida joriy yil 719 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi chiqarildi.

“O‘zbekiston fuqarolari qayerda bo‘lmasin, ularning konstitutsiyaviy huquqlari ishonchli himoya qilinmoqda. “Mehr-3” operatsiyasi amalga oshirilib, Suriyadan yana 98 nafar fuqaro, asosan ayollar va bolalar vatanga olib kelingani buning yaqqol tasdig‘idir”, - dedi prezident.

Top