12:07 / 29.12.2020
4606
2021 yil O‘zbekistonda 10ta prezident maktabi va 1ta yangi universitet faoliyat boshlaydi

2021 yilda O‘zbekistonda 10ta prezident maktablari, kimyo-biologiya, matematika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan 197ta maktab o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentda qilayotgan murojaatida aytib o‘tgan. 

Shuningdek, 2021 yilda Toshkent shahrida yangi universitet faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.

«Bu oliygoh iqtidorli o‘g‘il-qizlarimizning yuqori texnologiyalar va zamonaviy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlariga keng sharoitlar yaratish hamda raqobatbardosh milliy kadrlarning yangi avlodini tayyorlash maqsadida ochiladi.

Ushbu oliygohga chet eldagi yetakchi olim va professorlar jalb qilinadi va ular yoshlarimizga eng zamonaviy dasturlar asosida ta'lim beradi. 

Hozir yoshlar chet elga borib o‘qib kelyapti. Albatta, bu katta mablag‘ va kuch talab qiladi. O‘zimizda ham mana shunday oliygoh tuzish vaqti-soati keldi. Yoshlarimiz chet elga bormasdan, o‘z diyori, yurti va ota-onasining yonida o‘qisa nur ustiga nur bo‘ladi», – deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top