13:44 / 29.12.2020
14434

«O‘tgan saylovlarda berilgan tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga kiritish kerak» – Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlari haqida gapirdi

Prezident parlamentga murojaatida 2021 yilda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari haqida gapirib, Markaziy saylov komissiyasiga qator topshiriqlar berdi.

Foto: KUN.UZ

«2021 yilda davlatimiz va xalqimiz hayotida yana bir katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi.

Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylov milliy qonunchiligimiz va umume'tirof etilgan xalqaro demokratik tamoyillar asosida, yuksak saviyada tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratishi lozim.

Birinchi navbatda, saylov komissiyalari a'zolarini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha tizimli o‘qitish kerak.

O‘tgan saylovlarda xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish ishlarini davom ettiramiz. 

Bu muhim siyosiy kampaniya yangi O‘zbekiston sharoitida saylovchilarimiz, barcha fuqarolarimizning siyosiy va huquqiy madaniyati, dunyoqarashi, grajdanlik pozitsiyasi yuksalib borayotganini yana bir bor namoyon etadi, deb ishonaman», – deya prezident Mirziyoyev so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top