11:00 / 30.12.2020
11480
Reklama

22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bayramni Biscolata shirinliklari bilan qarshi olishmoqda!

Yangi yil katta-yu kichik, ayniqsa, bolajonlar intiqib kutadigan bayram. Kichik bo‘lsin, katta bo‘lsin – har qanday sovg‘a-yu shirinliklardan ular zavq-shavqqa to‘lishadi.

Biscolata tovar belgisi shirinliklar ishlab chiqaruvchisining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bolalarga mana shunday zavq ulashishga bel bog‘ladi. Ushbu tovar belgisi yangi yil arafasida Chilonzor tumanida joylashgan A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun syurpriz uyushtirdi. Muassasa tarbiyalanuvchilarining har biriga Biscolata shirinliklari jamlangan sovg‘alar tarqatildi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini xursand qilish maqsad qilingan tadbirni tashkillashtirishda Chilonzor tuman sektor mas'ullari va Yoshlar ittifoqi yoshlar ishlari agentligi bo‘limi ham ishtirok etishdi.

«2006 yildan beri qandolatchilik bilan shug‘ullanaman. 2016 yildan boshlab Biscolata mahsulotlarini O‘zbekistonga olib kiramiz.

Davlatimiz rahbari yangi yilda ziyofat qilgandan ko‘ra, imkoniyat qadar boshqalarga yordam berish tashabbusini o‘rtaga tashladilar. Biz ham shu tashabbusga «labbay» deb javob bergan holda, bolajonlar uchun shirinlik bayramini tashkillashtirishga qaror qildik.

Bolalarning xursandchiligini ko‘rib, o‘zim ham hayajonlanib ketdim. Ularning bu qadar xursand bo‘lishini taxmin ham qilmagandim, ochig‘i.

Tadbirni uyushtirishga yordam bergan Chilonzor tuman sektor mas'ullari, Mehribonlik uyi rahbari va Turkiyadagi ta'sischilarimizga ham minnatdorlik bildiraman.

Kelayotgan yil hammaga yaxshilik olib kelsin. Bolajonlarning ham kelajagi porloq bo‘lsin», — dedi Biscolata'ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Komil Gaziyev.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top