17:13 / 30.12.2020
8097
Yamandagi aeroportda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Besh nafar kishi halok bo‘lgani, 20 nafar kishi yaralangani aytilmoqda.

Foto: Videodan kadr

Yamandagi Adan shahri aeroportining tashriflar zalida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Al Hadath telekanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, portlash aeroportga yangi hukumat a'zolari kelgan vaqtda yuz bergan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan tashqari, o‘q ovozlari ham eshitilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Yaman hukumati a'zolari jabrlanmagan. Hozircha besh nafar kishi halok bo‘lgani, 20 nafar kishi yaralangani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, yangi hukumat a'zolari bugun Ar-Riyoddan kelgandi.

Top