16:42 / 31.12.2020
51845
Reklama

Ilk mijozlarga ŠKODA KODIAQ avtomobillari yetkazib berildi

Bugun, 31 dekabr kuni Driver’s Village ŠKODA dilerlik markazida yangi krossoverning ilk xaridorlariga avtomobillarning kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan ŠKODA savdo belgisining ilk dilerlik markazi ochilishida brendning ilk avtomobili, Volkswagen konsernining krossoverlar turkumidagi flagmani, 2021 model yiliga mansub ŠKODA KODIAQ to‘liq privodli yo‘ltanlamasi taqdim etilgan edi. Avtomobillar mahalliy iqlim va ishlatilish sharoitlarini inobatga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan va 2,0 litrli 180 ot kuchi va 320 N·m aylanish momentiga ega turbo dvigatel bilan jihozlangan.

To‘liq privodli ŠKODA KODIAQ krossoveriga:

  • Yurgan masofasini inobatga olmagan holda 2 yillik kafolat;
  • Yurgan masofasini inobatga olmagan holda lak va bo‘yoq qoplamalariga 3 yillik kafolat;
  • Yurgan masofasini inobatga olmagan holda korroziyadan himoyaga 12 yillik kafolat beriladi.

Agar siz ham tez orada to‘liq privodli krossover ruliga o‘tirishni istasangiz quyidagi dilerlik markaziga borib xaridni rasmiylashtirishning ayni vaqti: Toshkent shahri, Sergeli tumani, TKAD, Driver’s Village avtosaloni.

ŠKODA KODIAQ'ning kuchini his etib ko‘raman desangiz, yo‘llardagi real holatda krossover qanday harakatlanishini anglash uchun test drayvga yozilishni tavsiya qilamiz.

Driver’s Village:

Telefonlar: 71 200-70-70, 99 427-70-70

Jizzakh Auto/ŠKODA Uzbekistan:

Telefonlar: 71 202-44-40, 71 200-71-71

Facebook: fb.com/skodauzb

Instagram: @skodauzb

Telegram: t.me/skodauzb

Sayt: www.skoda-avto.uz

ŠKODA KODIAQ. Ishonchli. Chiroyli.

Ma'lumot uchun: ŠKODA KODIAQ faol va nofaol keng turdagi xavfsizlik to‘plami, elektron yordamchilar, shuningdek 9 ta xavfsizlik yostiqchasi bilan jihozlangan. Ushbu model maksimal baho — Yangi avtomobillarni baholash bo‘yicha Yevropa dasturi ekspertlarining 5 yulduziga ega.

O‘zbekistonda ŠKODA KODIAQ 2 xil turda taqdim etilgan: besh o‘rindiqli «Ambition» va top turdagi 7 o‘rinli «Style». Siz unda to‘la raqamli uskunalar paneli, 360 darajali kamera, smartfon uchun simsiz quvvatlantirgich va AppleCar Play Android Auto interfeysi, to‘liq chiroq-diodli faralarni ko‘rishingiz mumkin. Avtomobilda to‘liq elektropaket, charm salon, xotirali old o‘rindiqlar va boshqa ko‘plab qulayliklar mavjud.

Reklama huquqi asosida

Top