03:36 / 31.12.2020
7805
La Liga. «Real»ning g‘alabali seriyasiga chek qo‘yildi 
Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 16-turida «Real» safarda «Elche»ni mag‘lub eta olmadi. Modrichning goliga mezbonlardan Fidel javob berdi. Shu tariqa madridliklarning 5 o‘yindan iborat g‘alabali seriyasi barham topdi.

«Real» ochkolarini 33taga yetkazib, 2-pog‘onada qoldi va peshqadam «Atletiko»dan 2 ochko kam jamg‘argan. «Elche» esa 16 ochko bilan 15-o‘ringa ko‘tarildi.

La Liga, 16-tur

Elche – Real 1:1
30 dekabr, «Manuel Martines Valero»
Gollar: Fidel (52, penalti) – Modrich (20).
Elche – Badiya, Barragan, Xosema, Verdu, Sanches Mino, Markone, Rodriges (Morente, 74), Fidel, Guti, Rigoni (Xosan, 74), Boyye (Karrilo, 87). 
Real – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Marselo, Varan, Kroos (Valverde, 78), Modrich, Vaskes (Azar, 77), Kazemiro, Asensio (Vinisius, 86), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ramos (21), Kazemiro (60), Karvaxal (66), Kroos (71), Verdu (73).

Top