11:00 / 31.12.2020
6339
Reklama

«Qishloq qurilish bank» Navoiy viloyatida yangi bank xizmatlari markazlarini ochdi

ATB «Qishloq qurilish bank» yuridik va jismoniy shaxslarga qulay va zamonaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida Navoiy shahrida 2 ta hamda viloyatning olis hududlaridan biri Konimex tumani markazida yangi bank xizmatlari ko‘rsatish markazlarini ochdi.

Yangi yil arafasida ish boshlagan ushbu maskanlar mijozlar uchun o‘ziga xos bayram tuhfasi bo‘ldi.

Endilikda aholi hamda korxona-tashkilotlar bank filiallariga borish uchun ortiqcha vaqt sarflamasdan yangi markazlarda xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Markazlarda har qanday to‘lovlarni oson va tez amalga oshirish, bankomatlardan foydalangan holda o‘zlari istagancha naqd pul mablag‘larini olish hamda shu kabi ko‘plab bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Hozirda respublika hududlarida ATB «Qishloq qurilish bank»ning 27 ta bank xizmatlari markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bank tomonidan kelgusida bunday markazlar tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan.

Bu esa ko‘rsatilayotgan xizmatlar ommabopligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Call-markaz: +99878 150-93-39

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram-kanal: t.me/qqbank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Instagram: @qqbnews

Reklama huquqi asosida

Top