14:48 / 31.12.2020
11847
Xitoy AQShning Afg‘onistondagi harbiylarini o‘ldirish uchun odamlarga pul taklif qilgan – OAV

Bu masala yuzasidan Trampga milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O'Brayyen tomonidan og‘zaki ma'lumot berilgan.

Foto: iStock

AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoy Afg‘onistondagi amerikalik harbiylarni o‘ldirish uchun “nodavlat sub'yektlar”ga pul taklif qilgani to‘g‘risidagi razvedka ma'lumotini e'lon qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Axios portali xabar berdi.

Manbalarning aytishlaricha, hozircha bu ma'lumot tekshirilmagan va turli idoralar xodimlari uni tasdiqlashga urinmoqda.

Razvedka ma'lumotlari prezident brifingiga kiritilgan, Trampga bu masala yuzasidan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Robert O'Brayyen tomonidan og‘zaki ma'lumot berilgan, deb yozadi Axios.

Iyunda The New York Times gazetasi Rossiya maxsus xizmatlari toliblarga Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar o‘ldirilishi uchun pul to‘lagani to‘g‘risida yozgandi.  

Top