18:29 / 01.01.2021
23258
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiyaning raqobatchisiga aylandi

Yevropa mamlakatlariga 25 yil davomida yiliga 10 mlrd kub metrdan ortiq Ozarboyjon gazi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan. 

Ozarboyjonning SOCAR davlat kompaniyasi Transadriatika quvuri orqali Yevropaga gazni tijoriy yetkazib berishni boshladi. Bu haqda Ozarboyjon energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, gaz Italiya, Gretsiya va Bolgariyaning gaz taqsimlash tizimlariga yetib borgan.

Yevropa mamlakatlariga 25 yil davomida yiliga 10 mlrd kub metrdan ortiq Ozarboyjon gazi yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.  

«Yevropa ittifoqi bir necha yildan buyon Rossiyaga qaramligini qisqartirish ustida ish olib bordi», — deya ta'kidlamoqda Bloomberg agentligi.

Agentlikning yozishicha, Ozarboyjon kelgusida Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham gaz yetkazib berishni rejalashtirgan.

Janubiy gaz yo‘lagini qurishga yetti yil vaqt va 33 mlrd dollar mablag‘ sarflangan. 

Top