14:13 / 01.01.2021
5026
Toshkent viloyatining eng chekka qishlog‘i – So‘qoqda yagona masjid qurilishiga hissa qo‘shing

Allohning yer yuzidagi uyi hisoblangan masjidlar qurilishi bilan tanishish maqsadida bu safar Toshkent viloyatining eng chekka qishlog‘ida bo‘ldik.

Parkent tumani So‘qoq qishlog‘idagi yagona masjid hisoblangan Kungay masjidining binosi ancha eskirib qolgan. Shu sababli 2019 yilning may oyida qishloq ahli homiylar ko‘magida hashar yo‘li bilan masjidning yangi binosini qurishni boshlagan.

Masjid imom-noibi Nazrulla Sharofovning aytishicha, yangi qurilayotgan masjidning asosiy xonaqohi 1200 kishiga, yerostidagi qismi esa 950 kishiga mo‘ljallangan. Qishloq ahli masjid qurilishini kelayotgan ramazon oylariga tamomlab, taroveh namozini ushbu masjidda o‘qishni reja qilmoqda.

«Hozirga kelib masjidimiz binosining bezak ishlarini tamomlab, bitta minora qurishimiz kerak. Shuningdek, tahoratxonaning ishlarini ham oxiriga yetkazib, ustalardan qarzimizni uzishimiz lozim. Shu ishlarga saxovatpesha yurtdoshlarimiz ko‘mak bersa, katta savobga erishardi.

Bu borada qilayotgan yordamlarimiz bekor ketmaydi, bu sadaqai joriyadir. Bunga oz bo‘lsa-da hissamizni qo‘shib qo‘yadigan bo‘lsak, to qiyomatga qadar savobi yog‘ilib turadi. O‘ylab qarasak, bizdan oldin qancha insonlar o‘tdi, bizdan keyin ham qanchalari keladi. Masjidlar esa, alhamdulillah, bizning davrimizda qurilib, buning savobiga ega bo‘lish baxti bizga nasib qilganiga shukr qilishimiz kerak, bunday imkoniyatda foydalanib, savoblarni ko‘paytirib olishga harakat qilaylik», — deydi masjid imom-noibi Sharofov Nazrulloh.

Xayrli ishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lganlar uchun:

Masjid imomining yordamchisi Odilov Azmiddin nomiga ochilgan kartalar:

Uzcard: 8600 0423 9146 9144

VISA: 4278 3100 2039 1645

Paynet orqali: +99899 822 24 85

Masjid qurilishi uchun ochilgan hisob raqami: 2021 2000 0039 9531 2002

INN: 202741550 MFO: 00788

«Kungay» jome masjidi imom-noibi Sharofov Nazrullohning telefon raqami: +99894 361-78-73

Masjid imomining yordamchisi Odilov Azmiddin: +99899 822-82-17

Farrux Absattarov,
Tasvirchi va montaj ustasi Abdusalim Abduvohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top