14:33 / 02.01.2021
5701
Afg‘onistonda jangarilar ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni egallab olishdi

Hukumat vakili Muhammad Umarzay mazkur ish uchun javobgarlik toliblar zimmasida ekanligini aytdi.

Foto: AP

Hirot viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni egallab olishdi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar bermoqda.

 "Bir guruh qurollangan jangarilar Childuhtaron tumanidagi Hirot – Turg‘undi shossesida ichida o‘nlab yo‘lovchilari bo‘lgan avtobusni egallab olishdi va noma'lum yo‘nalishda olib qochishdi", - deb ma'lum qildi hukumat vakili Muhammad Umarzay.

U mazkur ish uchun javobgarlik toliblar zimmasida ekanligini aytdi.

Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, politsiya garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha operatsiya boshlagan.

Top