15:32 / 02.01.2021
5028

AQSh F-35 qiruvchi samolyotlarini ommaviy ishlab chiqarishni noma'lum muddatga ortga surdi

Lockheed Martin korporatsiyasi 2020 yilda 141 dona o‘rniga 123 dona qiruvchi samolyot yetkazib berilganligini ma'lum qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sababli vujudga kelgan to‘xtalishlar sabab bo‘lgan.

Foto: Wilson Ring / AP

Pentagon beshinchi avlod F-35 bombardimonchi-qiruvchi samolyotlarini ommaviy ishlab chiqarishni noma'lum muddatga ortga surdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Samolyotlarning 2017 yilda kechiktirilgan jangovar sinovlarga qachon tayyor bo‘lishi ham noma'lum. 

 Sinovlar o‘tgan yil dekabrida o‘tkazilishi, 2021 yil mart oyiga qadar esa samolyotlarni ommaviy ishlab chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi lozim edi.

Pentagon rahbari o‘rinbosarining matbuot kotibi Ellen Lordning so‘zlariga ko‘ra, kechiktirishga «texnik muammolar va COVID-19 ta'siri sabab bo‘lgan».  

 28 dekabr kuni F-35 samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin korporatsiyasi 2020 yilda Pentagon va xorijdagi buyurtmachilarga 141 dona o‘rniga 123 dona qiruvchi samolyot yetkazib berilganligini ma'lum qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi tufayli vujudga kelgan to‘xtalishlar sabab bo‘lgan.

Pentagon o‘tgan yil boshida Lockheed Martin bilan F-35 samolyotlariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 1,9 mlrd dollarlik shartnoma imzolagandi.

Mavzuga oid
Top