22:55 / 02.01.2021
14562

Argentina hukumati «Sputnik V» vaksinasini qabul qilganlarda kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlar haqida ma'lumot berdi

Argentinada Rossiya vaksinasi bilan emlash besh kun avval boshlandi. O‘tgan davr mobaynida 32013 kishi emlandi. Ularning 317 nafarida nojo‘ya ta'sirlar kuzatildi.

Foto: La Nacion

Argentinada Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlanganlarning 1 foizida nojo‘ya ta'sirlar kuzatildi, deb xabar berdi La Nacion gazetasi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi hisobotiga tayanib. 

 Argentinada Rossiya vaksinasi bilan emlash besh kun avval boshlandi. O‘tgan davr mobaynida 32013 kishi emlandi. Ularning 317 nafarida nojo‘ya ta'sirlar kuzatildi.

 Nojo‘ya ta'sirlar kuzatilgan barcha emlanganlarning 94 foizida (298 kishi) ushbu holat bevosita vaksina bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda. Qolgan 6 foizida esa nojo‘ya ta'sirlar ular emlanguniga qadar olgan jarohatlari yoki kasalliklariga bog‘liq.

 Eng ko‘p kuzatilgan nojo‘ya ta'sirlar titroq va bosh og‘rishi bo‘lgan. Bu alomatlar 140 kishida qayd etilgan. 

O‘ttiz kishida inʼeksiya o‘rnida reaksiya paydo bo‘lgan. To‘rt kishida yengil allergiya boshlangan, yana to‘rt kishi hushidan ketgan.  

 Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, emlanganlarning aksariyatida nojo‘ya ta'sirlar yengil o‘tgan. 

Argentina hukumati 23 dekabrda Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergandi. Argentina Belarusdan so‘ng «Sputnik V»ga ruxsat bergan ikkinchi davlat bo‘ldi.

 

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top