20:12 / 02.01.2021
3659

Dunyo bo‘yicha 11 millionga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi

Eng ko‘p vaksina qabul qilganlar Xitoyda bo‘lib, bu mamlakatda 4,5 milliondan ortiq kishi emlangan.

Foto: Eric Lee/Bloomberg

 1 yanvar holatiga ko‘ra, 29 mamlakatda 11 millionga yaqin kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Blumberg agentligi xabar bermoqda.

 Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, eng ko‘p vaksina qabul qilganlar Xitoyda bo‘lib, bu mamlakatda 4,5 milliondan ortiq kishi emlangan.

 AQShda ommaviy emlash 14 dekabrda boshlangan va hozirga qadar 3,49 million doza vaksina qo‘llanilgan.

 1 yanvar kuni Isroil mamlakatda bir millioninchi kishi koronavirusga qarshi emlanganligini ma'lum qildi.  

 Blumberg ma'lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ham vaksina olganlar soni 950 mingga yaqinlashdi.

 Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakatda 800 mingdan ortiq kishi emlanganini ma'lum qildi.

 Shuningdek, Germaniya, Kanada, Bahrayn, Polsha, Italiya, Daniya, Portugaliya, Meksika, Sloveniya va Chilida ham ommaviy emlash kampaniyasi boshlangan.

 Ayni paytda ommaviy vaksinatsiyada Pfizer-BioNTech, Moderna, AstraZeneca, Sinopharm kompaniyalari va Gamaleya nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi ishlab chiqqan vaksinalardan foydalanilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top