23:38 / 03.01.2021
3967
APL. «Manchester Siti» Londonda «Chelsi»ni mag‘lub etib, 5-o‘ringa ko‘tarildi
Foto: Twitter/Premierleague

Angliya Premer-ligasi 17-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinda Gundo‘g‘an, Foden va de Bryuynening gollariga mezbonlardan Xadson-Odoi bitta gol bilan javob berdi - 1:3.

Natijada, Gvardiola jamoasi muhim o‘yindagi g‘alaba evaziga 29 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarildi, «Chelsi» esa 26 ochko bilan hozircha 8-o‘rinda qoldi.

APL. 17-tur

Chelsi – Manchester Siti 1:3
Gollar: 0:1 – 18 Gundo‘g‘an, 0:2 – 21 Foden, 0:3 – 34 de Bryuyne, 1:3 - Xadson-Odoi 90+1. 

Chelsi - Mendi, Zuma, Aspilikueta, Tiago Silva, Chiluell, Maunt, Kovachich, Ziyosh (Xadson-Odoi, 64), Kante (Gilmor, 64), Pulishich, Verner.

Manchester Siti – Steffen, Ruben Diash, Stounz, Joau Kanselu, Zinchenko, de Bryuyne, Foden, Rodri, Gundo‘g‘an (Fernandino, 75), Sterling, Bernardu Silva.

Top