03:00 / 03.01.2021
4766

La Liga. «Real» Vaskes va Asensioning gollari evaziga «Selta»ni mag‘lub etdi 

Foto: Twitter/RealMadrid

Ispaniya chempionatining 17-turida «Real» o‘z uyida «Selta»ni qabul qilib, Lukas Vaskes va Marko Asensioning gollari evaziga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

«Real» ochkolarini 37taga yetkazib 1-o‘ringa chiqib oldi. Ammo 2-pog‘onada borayotgan, 36 ochkoga ega «Atletiko» zaxirasida 3ta o‘yin bor. «Selta» 23 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi.

La Liga, 17-tur

Real – Selta 2:0
2 yanvar, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gollar: Vaskes (6), Asensio (53).
Real – Kurtua, Mendi, Karvaxal (Vinisius, 85), Nacho, Varan, Kazemiro, Kroos (Valverde, 85), Vaskes, Modrich (Edegor, 85), Asensio (Azar, 74), Benzema (Mariano, 90+1). 
Selta – Ruben Blanko, Murilo, Olasa, Arauxo, Malo, Mendes, Tapiya, Denis Suares, Nolito (Baesa, 64), Aspas (Beltran, 51), Santi Mina.
Ogohlantirishlar: Mendes (10), Asensio (38), Tapiya (42), Nacho (50), Karvaxal (84), Kazemiro (87).

Top