01:04 / 03.01.2021
5163
Ronalduning «instagram»dagi obunachilari soni 250 millionga yetdi. Bu – rekord
Foto: Reuters

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «instagram» tarmog‘idagi eng mashhur shaxs bo‘lib turibdi.

Portugaliyalik futbolchining ushbu tarmoqdagi obunachilari soni 250 mlnga yetdi va u bunday ko‘rsatkichga erishgan ilk kishiga aylandi.

Ronaldudan keyingi o‘rinlarni amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande (214 mln) va aktyor Dueyn «Skala» Jonson egallab turibdi.

Futbolchilardan «Barselona» sardori Lionel Messi 8-o‘rinni (175 mln), «PSJ» vingeri Neymar 13-pog‘onani (144 mln) egallagan. Shuningdek, top-50dan Angliya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Devid Bekhem  (65 mln, 39-o‘rin) ham o‘rin olgan.

Bundan tashqari Ronaldu 2020 yilda «instagram»da eng ko‘p «layk» olgan insondir.

Top