09:30 / 03.01.2021
5558
Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi choralarni kuchaytirmoqda
Foto: Reuters

Shimoliy Koreya hukumati qishki mavsum va dunyoda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli virus tarqalishiga qarshi choralarni kuchaytirishga qaror qildi.   

Ma'lum qilinishicha, mahalliy karantin hududlarida epidemiologik talablarga rioya qilinayotgani bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat tibbiy muassasalarida aholini gigiyena masalalari bo‘yicha xabardor qilish ishlari kuchaytirilgan.    

22 dekabrda Yonhap axborot agentligi JSSTga tayangan holda Shimoliy Koreyada pandemiya boshidan beri birorta kasallanish holati qayd qilinmaganini ma'lum qilgandi. Mamlakat rahbariyati bunga chegaralarning tezkorlik bilan yopilgani va qat'iy karantin choralari kiritilgani evaziga muvaffaq bo‘linganini ta'kidlab keladi.    

Top