09:20 / 04.01.2021
2747
Alfraganus – muvaffaqiyatli biznes uchun keng ko‘lamli hudud

Alfraganus savdo va ko‘ngilochar mavzesi poytaxtdagi kundalik xaridlar, uchrashuvlar, dam olish va ko‘ngilochar markaziga aylanadi.

Loyiha tadbirkorlarga biznes, savdo va xizmat ko‘rsatishning turli sohalarini rivojlantirish uchun ko‘p formatli binolarni taklif etadi. Loyihaning keng ko‘lamli maydoni 6 ta sektorga bo‘lingan. Ularning har biri ma'lum yo‘nalish va tashqi fasad dizayniga ega. Taklif qilinayotgan binolarning maydoni 32 dan 3030 kvadrat metrgacha maydonni tashkil qiladi. Tijorat maydonlari turli xil vitrinalar va standart oynalar, o‘zining ochiq terrasalariga ega, shuningdek, binolarda shamollatish tizimi va boshqalar o‘rnatilgan bo‘ladi.

Tijorat ko‘chmas mulkiga yuqori rentabelli ijara biznesi sifatida sarmoya kiritayotgan tadbirkorlarga tayyor ijarachi bilan tijorat binolarini sotib olish xizmati taklif qilinishi mumkin. Ko‘chmas mulk sohasida yuqori malakaga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislar Alfraganus Academy'ning istiqbolli ijara biznesi bilan bog‘liq barcha tashkiliy-huquqiy jihatlari hal qilishni o‘z zimmasiga oladi.

Keng ko‘lamli hududga ega savdo mavzesini loyihalashda obektning infratuzilmasiga alohida e'tibor berilgan. Savdo mavzesiga kirish va chiqish qulayligi ta'minlanadi va bir qancha aylana avtoturargohlar bunyod etiladi. Maskan poytaxtning aholi zich joylashgan markazlaridan birida joylashganligi va transportning qulayligi sabab mavzega ko‘p sonli tashrif buyuruvchilarni ta'minlaydi. Knight Frank mustaqil ekspertlarining tahlillariga ko‘ra, Alfraganus'ga tashrif buyuruvchilar soni haftasiga 230 ming kishidan oshadi.

Yangi yil – bu yangi rejalar, qaror va maqsadlar uchun qulay fursat. Alfraganus hududida muvaffaqiyatli biznesingiz imkoniyatlarini to‘liq ishga soling va istiqbolli investitsiyalar uchun barqaror kafolatlangan daromadni qo‘lga kiriting.

Quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qilib loyiha haqida batafsil ma'lumotlarni olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Top