23:48 / 04.01.2021
10765
Koronavirusga qarshi emlashlar soni bo‘yicha davlatlar reytingi e'lon qilindi

Turli davlatlarda koronavirusga qarshi emlashlar soni bo‘yicha davlatlar reytingi paydo bo‘ldi. 

Foto: EPA/BIONTECH

Ro‘yxatga ko‘ra, eng ko‘p sonda emlash Xitoyda o‘tkazilgan. Bu yerda 4,5 mlnga yaqin odam koronavirusga qarshi emlangan. 2-o‘rinni 2,8 mlnta emlash bilan AQSh egallamoqda. 3-o‘rinni 1,1 mlnta emlash bilan Isroil egallagan. Shuningdek, eng ko‘p emlash o‘tkazilgan davlatlar o‘ntaligidan Britaniya, Rossiya, Germaniya, Italiya, Kanada va Bahrayn ham joy olgan. 

Bundan tashqari, 100 kishiga emlashlar soni bo‘yicha reyting ham tuzilgan. Bu reytingda Isroil yetakchilik qilmoqda. Ushbu davlatda 100 kishidan 12,59 nafari koronavirusga qarshi emlangan. Yetakchi uchlikdan Bahrayn (3,57 kishi) va Islandiya (1,43 kishi) ham joy olgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top