12:08 / 04.01.2021
3274

Yashnobod tumanidagi qator manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahar Yashnobod tumanining Asalobod ko‘chasidagi magistral issiqlik tarmog‘ida avariya yuzaga keldi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” DUK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, shu tufayli bugun Yashnobod tumanidagi quyidagi manzillarda issiqlik ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi: 

  • Asalobod 1,2 mavze; 
  • Husnobod ko‘chasi;
  • Uysozlar ko‘chasi;
  • Ohangrabo ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda;
  • 206-, 212-maktablarda;
  • 147-, 435-MTTlarda.

Ayni vaqtda issiqlik ta'minotini tezkorlik bilan tiklash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Top