14:39 / 05.01.2021
38695
2020 yilda chaqaloqlarga eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma'lum bo‘ldi

Davlat xizmatlari agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2020 yilda O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Foto: Getty Images

O‘tgan yili 19 383 nafar o‘g‘il farzandga Muhammadali ismi, 18 616 nafar qiz farzandga Soliha ismi berilgan.

Kun.uz DXA matbuot xizmatidan olgan qo‘shimcha ma'lumotga ko‘ra, 2020 yil qizlarga Soliha ismidan tashqari Muslima, Imona, Shukrona, Mubina ismlari ham ko‘p qo‘yilgan.

O‘g‘il bolalar ismlarining top 5taligida esa Muhammadalidan tashqari Mustafo, Abdulloh, Muhammad, Imronbek ismlari ham bor.

Ma'lumot uchun, 2019 yilda ham yangi tug‘ilgan o‘g‘il bolalarga Muhammadali ismi, qizlarga esa Soliha ismi eng ko‘p qo‘yilgan.

Avvalroq, O‘zbekistonda yangi yilning birinchi sutkasida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma'lum bo‘lgandi.

Top