17:50 / 05.01.2021
1214
BioNTech emlashlar orasidagi muddatni oshirmaslikni maslahat berdi

Pfizer/BioNTech vaksinasi ikki dozadan iborat bo‘lib, dozalarni kiritishdagi oraliq muddat 21 kunni tashkil etadi.

Foto: Reuters

BioNTech kompaniyasi dozalar orasidagi oraliq muddat bo‘yicha tavsiyaga amal qilinmasa, koronavirusga qarshi vaksinasining xavfsizligi va samaradorligiga kafolat bermasligini bildirdi.

 "Vaksinaning samaradorligi va xavfsizligi dozaning yoki emlashlar orasidagi vaqtning o‘zgarishi holatlarida o‘rganib chiqilmagan", - deyiladi kompaniya bayonotida.

Pfizer/BioNTech vaksinasi ikki dozadan iborat bo‘lib, dozalarni kiritishdagi oraliq muddat 21 kunni tashkil etadi.

 Keyingi paytda Yevropadagi ayrim mamlakatlar emlashning boshqacha shakllariga o‘tishni rejalashtirmoqda: xususan, Daniya va Buyuk Britaniyada emlashlar orasidagi muddatni oshirish mo‘ljallanmoqda. Qayd etilishicha, shu yo‘l bilan ko‘proq odamni emlash mumkin.

Kompaniya shuningdek, mamlakatlar vaksina dozasi masalasini o‘zlari hal qilishlari kerakligini bildirdi. 

Qator mamlakatlarda Pfizer va Moderna vaksinalari bilan emlash boshlab yuborilgan. Ammo aksariyat ekspertlar emlash jarayoni sekin borayotganini ta'kidlamoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top