18:25 / 05.01.2021
3387
Malida vertolyot hujumi oqibatida 100ga yaqin kishi halok bo‘ldi

Rayon meri Adama Griabaning so‘zlariga ko‘ra, hujum tunda amalga oshirilgani sababli vertolyotning kimga tegishli ekanligini aniqlab bo‘lmagan.

Foto: RIA Novosti

Malining markaziy qismida joylashgan qishloqqa vertolyot orqali qilingan hujum oqibatida 100ga yaqin kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

 Xabarda aytilishicha, 4 yanvarga o‘tar kechasi Mopti regionidagi Bounti qishlog‘iga vertolyotda zarba berilgan. Rayon meri Adama Griabaning so‘zlariga ko‘ra, hujum tunda amalga oshirilgani sababli vertolyotning kimga tegishli ekanligini aniqlab bo‘lmagan.

 Adama Griabaning qayd etishicha, jarohatlanganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Mopti regioni janubdan Burkina-Faso, g‘arbdan esa Mavritaniya bilan chegaradosh. Ushbu hududda "Jamaat Nusrat al-Islam val-Muslimin" (JNIM) guruhi faol harakatlar olib boradi. U 2017 yilda tuzilgan bo‘lib, "Al-Qoida" terrorchilik guruhi bilan yaqin aloqada.

Top