10:28 / 05.01.2021
19506
To‘raqo‘rg‘on tumanida 12 nafar fuqaro spirtli ichimlikdan zaharlandi, 2 kishi vafot etdi

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida 12 nafar fuqaro o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.

Foto: pinelandsrecovery

Qayd etilishicha, ushbu fuqarolar 2020 yil 29-31 dekabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Gradusnik” nomli spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda. 

Top