12:19 / 05.01.2021
13952
Toshkentda ko‘pdan beri yopiq turgan yo‘lni ochish ishlari boshlandi 

Poytaxtda ko‘pdan beri yopiq turgan yo‘lning ochilish ishlari boshlandi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilgan.

Qayd etilishicha, yo‘l harakati qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasiga o‘tish yo‘lini ochish rejalashtirilmoqda.

Xabarda ma'lum qilinishicha, ushbu yo‘lda piyodalar va velosipedchilar harakati uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi, hozirda bu borada ishlar olib borilmoqda.

Avvalroq, har bir tuman va shahar markazlarida piyodalar va velosiped yo‘laklari qurilishi xabar qilingandi

Top