22:50 / 05.01.2021
7247
Trampga tegishli Ferrari avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 400-500 ming dollar deb baholangan.

Foto: mecum.com

AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli Ferrari F430 avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda Mecum Auctions kimoshdi savdosi uyi saytida ma'lum qilindi.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 400-500 ming dollar deb baholangan.

Foto: mecum.com

Ma'lumot berilishicha, 2007 yilda ishlab chiqarilgan mashina xaridorga uning birinchi egasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar tasdiqlangan hujjatlar nusxasi bilan taqdim etiladi.

Mashina o‘tgan davr mobaynida 6910 mil (11 ming kilometr) yo‘l yurgan.

Qayd etilishicha, savdolar 7 yanvardan 16 yanvargacha bo‘lib o‘tadi.

Top