10:58 / 06.01.2021
6827
ID kartani olish uchun yagona portal orqali ariza topshirish imkoniyati yaratildi

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida yagona portal tizimiga yangi xizmat joriy etildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, fuqarolar yagona portal my.gov.uz orqali biometrik pasportni ID kartaga almashtirish uchun ariza topshirishi mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi havolaga o‘tish lozim: https://my.gov.uz/ru/service/378

2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlarni ID kartalarga almashtirish jarayoni 2021 yil 4 yanvardan boshlandi. Uning narxi BHMning 89 foizini, ya'ni 198 ming 470 so‘mni tashkil etadi.

ID kartalar zarur hujjatlar va ma'lumotlar qabul qilib olingandan so‘ng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi.

ID kartalar ikki bosqichda beriladi. 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrgacha davom etadigan 1-bosqichda ixtiyoriylik asosida 16 yoshga to‘lganda hamda qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra ID kartalar beriladi.

Top