21:38 / 06.01.2021
2597
Koronavirusga qarshi vaksinalarning turi haqida so‘zlovchi video e'lon qilindi 

Internetda koronavirusga qarshi vaksinalar turlari va ularning ta'sir qilish mexanizmlari haqida so‘zlovchi videorolik e'lon qilindi. Video Vaksinalar va emlash bo‘yicha global alyans GAVI mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.

Foto: Videodan kadr

“Koronavirusga qarshi kurash rekord tezlikda vaksinalar ishlab chiqilishiga olib keldi va ayni vaqtda 170dan ortiq vaksina sinovdan o‘tkazilmoqda”, deyilgan videoga izohda. 

Videoda aytilishicha, koronavirusga qarshi vaksinalar 4 turga bo‘linadi: faolsizlashtirilgan koronavirus negizidagi, vektor, mRNK va DNK hamda subyagona (virusning antigenini saqlovchi) vaksinalar.

Avvalroq 30dan ko‘proq davlatda koronavirusga qarshi emlash boshlangani ma'lum qilingandi. JSST hozircha Pfizer va BioNTech kompaniyalari vaksinasini qo‘llashni ma'qullagan, biroq dunyoda bir nechta vaksinalardan foydalanilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top