09:00 / 06.01.2021
5116
Olmazor Business City – har tomonlama qulaylik va sifat!

Bizning Uylar Development kompaniyasi Olmazor Business City keng ko‘lamli turar joy majmuasi qurilishidagi yangiliklar haqida ma'lumot berishda davom etadi.

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan Olmazor Business City keng ko‘lamli turar joy majmuasining qurilish maydonlarida bunyodkorlik ishlari yuqori sur'atlarda davom etmoqda. Majmuaning dastlabki aholisi istiqomat qilish uchun o‘zlarining sifatli va tayyor ta'mirlangan xonadonlariga ko‘chib kirdilar.

Olmazor Business City turar joy majmuasi mamlakatimizdagi eng yirik turar joy majmuasidir. Obektning hududi 23 gektardan ortiq bo‘lib, unda 28 ta ko‘p qavatli uylar quriladi. Uy-joylarning balandligi 9 dan 30 qavatgachani tashkil qiladi. Turar joy majmuasidagi barcha xonadonlar sifatli ta'mirlangan holda sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, majmua aholisi maroqli hordiq chiqarishi uchun kanal bo‘yida sayr yo‘laklari tashkil etilgan.

Majmua rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lib, unda yer osti avtoturargohlari, bir qancha sayr yo‘laklari, sport va bolalar maydonchalari, yirik shopping mall, ko‘p sonli aholi va turar joy majmuasi mehmonlarining ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan turli binolar, xususiy tibbiyot muassasasi, xususiy bolalar bog‘chasi hamda maktab va boshqa ko‘plab inshootlar mavjud.

Xaridorlarni qulay shartlar bilan foizsiz muddatli to‘lov shakli kutmoqda.

Shoshiling! Xonadonlar soni cheklangan!

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top