10:42 / 06.01.2021
22190

Qarshi shahridagi uylarning birida gaz portlashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Joriy yilning 6 yanvar kuni soat 08:10larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar “Otchopar” MFYda joylashgan uylarning birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi yuzaga kelgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida aytilishicha, hodisa oqibatida binoning devorlari qulagan. 

Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Hodisa oqibatida ikki nafar fuqaroning jasadi vayron bo‘lgan uy ichidan olib chiqilgan.

Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top