19:02 / 06.01.2021
9227

Qarshida Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari uchun yangi shtab binosi foydalanishga topshirildi

Vatan himoyachilari kuni arafasida, Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligining Qarshidagi harbiy qismi shaxsiy tarkibi uchun yangi shtab binosi foydalanishga topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Qo‘mondonlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, binolar ochilish marosimida Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Jur'at Yakubov, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondoni polkovnik Zaynobiddin Iminov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Harbiy qism jamoasiga yengil avtomobil kaliti topshirilgach, jangovar xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan bir guruh harbiy xizmatchilar rag‘batlantirildi.

Majmua – xizmat xonalari, qo‘shinlarni tezkor boshqarish uchun mo‘ljallangan qo‘mondonlik shtab punkti, kutubxona, ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik xonasi kabilardan iborat.

Mavzuga oid
Top